O‘ZBЕKISTONDA INVЕSTITSIYA VOSITASI SIFATIDA SUKUKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI VA MUAMMOLARI

17.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4

Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirish vositasi sifatida sukukni joriy etish va rivojlantirishning iqtisodiy zarurati, huquqiy va moliyaviy asoslari hamda mavjud muammolari chuqur tahlil qilinadi. Mamlakatda kapital bozorining diversifikatsiyasi, aholining shariat tamoyillariga mos moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji, xalqaro investorlarga jozibadorlikni oshirish ehtiyoji sukuk emissiyasini jadallashtirishni taqozo etadi. Maqolada, shuningdek, xalqaro tajriba asosida sukukni O‘zbekistonda amaliyotga joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tahlillar sukuk bozorining barqaror o‘sishi uchun normativ-huquqiy baza, shariat nazorati tizimi, infratuzilma va investorlarga axborot yetkazish muhim omillar ekanini ko‘rsatadi.

Keywords: sukuk, islomiy moliya, investitsiya bozori, kapital bozorini rivojlantirish, shariatga muvofiq moliyalashtirish, moliyaviy instrumentlar, O‘zbekiston iqtisodiyoti, sukuk emissiyasi, investitsion jozibadorlik, huquqiy baza.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor