14.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4
Abstract. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari yoritilgan. Fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik burchlari jamiyat taraqqiyoti va barqarorligining asosiy omili sifatida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada har bir fuqaroning Konstitutsiyaga rioya etish, davlatni himoya qilish, soliq to‘lash, tarixiy va madaniy merosni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi burchlari to‘g‘risida batafsil tushuncha berilgan. Burchlarning bajarilishi mamlakatda qonun ustuvorligini, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Keywords: Konstitutsiya, fuqarolik burchi, qonun, jamiyat barqarorligi, davlat himoyasi, soliq, madaniy meros, ekologik mas’uliyat, ijtimoiy tartib, huquqiy normalar.