12.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4
Abstract. Navoiyning «Muhokamat ul - lug‘atayn»idagi 100 ta fe’lning semantik xususiyatlarini o‘rganish nomli ushbu maqola, eski o‘zbek va fors tillarining semantik tizimini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Mazkur fe’llarning so‘z qirralari, ma’no kengligi, ularning ideografik sinonimlari hamda kontekstual antonimlari tahlil qilinadi. Shuning uchun ham mazkur fe’llarning qanday semantik xususiyatlari borligini o‘rganish maqolamizning maqsadidir. Ushbu maqolaning moddiy manbalari, asosan, Navoiyning o‘z asarlari va uning asarlariga bag‘ishlangan Turkiya, Eron va O‘zbekiston kabi davlatlarda chop etilgan kitoblardan unumli foydalanib, mazkur fe’llarning ma’nolari dastlab Navoiyning o‘z asarlarida hamda uning asarlariga bag‘ishlangan asarlar bilan birma-bir qiyoslanib, topilgan ma’nolar asosida, uning semantik xususiyatlari tahlil ostiga olinadi. Bundan tashqari, Navoiyning bu fe’llarni tanlashdan maqsadi, har bir fe’lning ko‘plab ma’nolarini ko‘rsatish va ularni bir-biriga bog‘lash orqali tilning ifodaviylik imkoniyatlarini yanada kengaytirishga intilganligini ayniqsa, fe’llarning ma’nosidagi nozik farqlar va ularning kontekstual o‘zgaruvchanligi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, Navoiyning tahlillari yordamida eski o‘zbek va fors tillaridagi fe’l va ularning semantik rang-barangligi haqida yangi ilmiy fikrlar va nazariyalar shakllantiriladi hamda Navoiyning tilshunoslikdagi yuqori bilimini va uning eski o‘zbek va fors tillari o‘rtasidagi semantik bog‘lanishlarni qanday chuqur o‘rganganini ko‘rsatadi.
Keywords: o‘rganish, polisemantik, sinonim, fe’l, kontekstual antonim, Muhokamat ul-lug‘atayn, nozik ma’nolar.