BACHADON BO‘YNI SARATONINING PATANATOMIK, MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

07.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4

Abstract. Mazkur maqolada bachadon bo‘yni saratonining patanatomik va morfologik xususiyatlari yoritilgan. Bachadon bo‘yni (serviks) saratoni – ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan onkologik kasalliklardan biri bo‘lib, uning erta tashxislanishi va to‘g‘ri baholanishi davolash samaradorligini belgilovchi muhim omildir. Tadqiqotda ushbu kasallikning rivojlanish bosqichlari, gistologik tiplari (asosan, yassi hujayrali karsinoma va adenokarsinoma) hamda ularning mikroskopik va makroskopik belgilariga e’tibor qaratilgan. Patanatomik jihatdan o‘simta jarayonining bachadon bo‘yni to‘qimalarida qanday o‘zgarishlar keltirib chiqarishi, atrof to‘qimalarga invaziyasi va metastazlanish xususiyatlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Morfologik ko‘rinishlar orqali kasallik darajasi va prognozini aniqlash imkoniyati baholangan. Ushbu mavzu bo‘yicha olib borilgan izlanishlar bachadon bo‘yni saratonining diagnostika va davolash jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Keywords: bachadon, saraton, onkologik, mikroskopik, makroskopik, to‘qima, yassi hujayrali karsinoma, adenokarsinoma, o‘simta, prognoz, invaziya, metastazlanish.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor