TIJORAT BANKLARINING INNOVATSION STRATEGIYASINI SHAKLLANTIRISH

04.04.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 4

Abstract. Ushbu maqolada tijorat banklarining innovatsion strategiyasini shakllantirishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari keng tahlil etilgan. Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda bank xizmatlarini takomillashtirish, mijozlar ehtiyojiga mos raqamli yechimlarni joriy etish, bozor talablariga moslashuvchan yondashuvni shakllantirish zarurati ortib bormoqda. Orient Finans Bank misolida olib borilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, innovatsion yondashuvlar bankning moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilash, raqamli xizmatlar orqali mijozlar bazasini kengaytirish va xizmatlar sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Maqolada innovatsion strategiyaning asosiy yo‘nalishlari — mobil va internet-banking, masofaviy xizmatlar, sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarining bank amaliyotiga joriy etilishi asosida tahlil qilingan. Xulosa qismida esa strategik takomillashtirish va doimiy innovatsion rivojlanish uchun tavsiyalar berilgan.

Keywords: tijorat banklari, innovatsion strategiya, raqamli bank xizmatlari, fintech, bank tizimi, sun’iy intellekt, blokcheyn, raqamlashtirish, moliyaviy texnologiyalar, bank islohoti, raqobatbardoshlik.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor