28.03.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 3
Abstract. Ushbu maqolada tijorat banklarida kredit portfeli risklarini boshqarishning samarali usullari tahlil qilinadi. Maqolada "Ipak Yo’li" AJ Banki (AITB) misolida kredit risklarini boshqarishning asosiy yo’nalishlari ko’rib chiqilgan. Bankning kredit portfeli risklarini samarali boshqarish uchun qo’llanilayotgan usullar, jumladan, kredit portfelini diversifikatsiya qilish, kredit risklarini baholash, geografik diversifikatsiya, axborot texnologiyalaridan foydalanish, va kredit siyosatini mustahkamlash tahlil qilinadi. Shuningdek, muammoli kreditlarni boshqarish va ularni undirishga qaratilgan strategiyalar ham ko’rib chiqiladi. Maqola O’zbekistondagi tijorat banklarining barqaror moliyaviy rivojlanishiga yordam beradigan samarali kredit risklarini boshqarishning muhim tamoyillarini o’z ichiga oladi.
Keywords: tijorat banklari, kredit portfeli, risklarni boshqarish, "Ipak Yo’li" AITB, diversifikatsiya, muammoli kreditlar, kredit siyosati, axborot texnologiyalari.