28.03.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 3
Abstract. Kognitiv bihevioral (xulq-atvor) terapiya (KBT) bugungi kunda mashhur psixoterapiya yo'nalishi hisoblanadi, shuningdek, samaradorligi daliliy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan bir nechta psixologik aralashuvlardan biridir. Ushbu maqolada terapiyaning umumiy nazariy asoslari, uning tarixi va KBT samaradorligining dalillari muhokama qilinadi. Bu bilan birga turli xil psixologik kasalliklarni, shu jumladan depressiya, havotir va travmatik stress buzilishini davolashda samaradorligini o'rganadi. Muallif KBTning boshqa terapevtik yondashuvlarga nisbatan qisqa va uzoq muddatli foydalarini baholash uchun empirik tadqiqotlar va meta-tahlillarni ko'rib chiqadi. Asosiy topilmalar shuni ko'rsatadiki, KBT simptomlarni qisqa muddat ichida kamaytirishda, ayniqsa bezovtalik va depressiya uchun juda samarali.
Keywords: Kognitiv xulq-atvor terapiyasi, travmadan keyingi stress holati, depressiya, tug’ruqdan keyingi depressiya, havotir (havotir buzilishlari).