ADABIY FANLARNING QISQACHA SHAKLLANISHI

26.03.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 3

Abstract. Adabiy fanlar inson tafakkuri va ma'naviyatining yuksalishida mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. U faqatgina o'tmishdan saboq olish vositasi emas, balki zamonaviy ilm-fan va ijodga yo‘nalish beruvchi manba hamdir. Shu bois, adabiy fanlarni o‘rganish va rivojlantirish nafaqat ilmiy ahamiyatga ega, balki ijtimoiy va ma'naviy taraqqiyot uchun ham katta imkoniyatlarni ochadi. Ma'naviy san'atlar so‘zning ichki bezaklarini bo‘rttirib ko‘rsatsa, lafziy san'atlar esa so‘zning tashqi ko‘rinishi va zohiriy qiyofasidan bahs qiladi. Ushbu mavzuni yoritish uchun kutubxona tadqiqi orqali ilmiy va adabiy ishonchli manbalar ko‘rib chiqildi. O‘sha kitoblardan badi, san’at, lafziy va ma’naviy san’atlarning ta'rif va izohlari diqqat bilan tahlil qlindi hamda ayrim manbalar fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Ularning she’riy namunalarini keltirish uchun imkon qadar Navoiyning G‘aroyib us-sig‘ar devonidan foydalanildi.

Keywords: Fan, San’at, Balog‘at, Badi', So‘z.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor