25.03.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 3
Abstract. Ushbu maqolada Amir Temur davrida tibbiyotning rivojlanishi, shifoxonalar va ilmiy markazlarning faoliyati, mashhur tabiblar hamda dorishunoslikning o‘sishi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Ibn Sino, Sayyid Sharif Jurjoniy kabi olimlarning ilmiy merosi tibbiyotga qanday ta’sir qilgani yoritilgan. Shuningdek, jarrohlik amaliyotlari, dorivor o‘simliklar va farmatsevtikaning rivojlanishi haqida ham to‘xtalib o‘tilgan. Ushbu maqola Amir Temur davrida tibbiyotning ilmiy va amaliy asosda qanday yuksalganini tushunishga yordam beradi.
Keywords: Amir Temur, tibbiyot, tabobat, shifoxona, tabib, Ibn Sino, Sayyid Sharif Jurjoniy, Mavlono Lutfulloh Buxoriy, dorishunoslik, farmatsevtika, jarrohlik, ilmiy meros.