20.03.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 3
Abstract. Ushbu maqolada innovatsion iqtisodiyot sharoitida davlatning ijtimoiy siyosatini rivojlantirish masalalari chuqur tahlil qilinadi. Innovatsion iqtisodiyotning asosiy xususiyatlari – texnologik taraqqiyot, raqamli transformatsiya, ilm-fan va inson kapitaliga asoslangan rivojlanish jarayonlari davlatning ijtimoiy siyosatini yangilash zaruratini keltirib chiqaradi. Davlat siyosati jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish, aholining turmush darajasini oshirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirishga yo‘naltirilishi lozim.
Keywords: innovatsion iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, raqamli transformatsiya, inson kapitali, ta’lim innovatsiyalari, ijtimoiy himoya, davlat boshqaruvi.