19.03.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 3
Abstract. Ushbu maqolada O’zbekiston va Xitoy munosabatlarining tarixiy ildizlari va bugungi kundagi aloqalar, bu aloqalarda iqtisodiy munosabatlarning o’rni haqida fikr-mulohazalar keltirilgan. O’zbekistonning tashqi siyosatida Xitoy bugungi kunda juda muhim rol o’ynamoqda. Xitoy bilan o’rnatilayotgan munosabatlar va tuzilayotgan bitim va sherikchilik aloqalari O’zbekistonning nafaqat iqtisodiy balki, siyosiy, ijtimoiy sohalariga ham ulkan hissa qo’shmoqda. O’zbekiston Respublikasida hozirgi kunda bo’sh ish o’rinlarining yaralishi, iqtisodiy o’sish va katta investitsiyalar, ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yosh kadrlar bilan ishlash va talabalarning o’qishlari uchun ham qulay vizasiz kirish imkoniyatlari albatta Xitoy bilan tuzilayotgan shartnoma va ikki xalqning hamdo’stligi haqidagi fikr-mulohazalar ushbu maqolada yoritildi.
Keywords: Iqtisodiy sohalar, siyosiy sohalar, xalqaro bitim, tranzit, viza, xalqaro hamkorlik, suverenitet, xalqaro huquq, Buyuk Ipak yo’li, transport aloqalari.