TYPOLOGICAL RELEVANCE TO UZBEK AND ENGLISH

19.03.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 3

Abstract. Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarining tipologik jihatdan o‘xshashlik va farqlari tahlil qilinadi. Tilshunoslikda tipologik tadqiqotlar tillarning tuzilishi, grammatikasi, fonetikasi va semantikasi kabi jihatlarni solishtirish orqali umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlashga yordam beradi. O‘zbek tili agglutinativ tuzilishga ega bo‘lib, so‘z yasalishi va grammatik shakllanishi qo‘shimchalar yordamida amalga oshiriladi. Ingliz tili esa analitik til bo‘lib, so‘z tartibi va yordamchi so‘zlarga asoslangan tizimga ega. Maqolada ushbu tillarning so‘z yasalishi, gap qurilishi, morfologik va sintaktik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, ularning umumiyliklari va farqlari misollar yordamida yoritiladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek va ingliz tillarining o‘zaro ta’siri va o‘rganish jarayoniga ta’sirini tushunishga xizmat qiladi.

Keywords: Tipologiya, o‘zbek tili, ingliz tili, grammatik tuzilish, agglutinativ, analitik til, tadqiqotlar, chet tili.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor