FRAZEOLOGIZMLARDA SEMANTIK MUNOSABAT (o‘zbek tilidagi iboralar misolida)

12.03.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 3

Abstract. Tilshunoslikda frazeologik birliklar talqinida bo‘lgan munosabat ushbu fan rivojlanishining chuqur ildizlariga borib taqaladi. Frazeologiyaning o‘rganish predmeti frazeologizmning tabiati va substansional xususiyatlari hamda ularning nutqda amal qilish qonuniyatidir. Leksikada bo‘lgani kabi frazeologiyada ham lisoniy-semantik munosabat amal qiladi. Frazeologizmning semantik tuzilishi frazeologik ma’no (ma’nolar) va qo‘shimcha ottenkalardan iborat bo‘ladi. Mazkur maqolada frazeologizmda semantik munosabatning shakllanishi tadqiq etiladi va misollar bilan ilmiy asoslanadi.

Keywords: Frazema, frazeologiyada semantik munosabat, frazeologik sinonimiya, antonimiya, omonimiya, paronimiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor