28.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2
Abstract. Bugungi kunda muhandislik grafikasi fani zamonaviy texnologiyalar va innovatsion o‘qitish usullari bilan boyitilib, talabalar uchun yanada samarali ta’lim muhitini yaratishga yo‘naltirilgan. Ushbu maqolada muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik metodikalar, kompyuter texnologiyalarining o‘rni, 3D modellashtirish, raqamli dizayn vositalaridan foydalanish imkoniyatlari va muhandislik ta’limining amaliy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalarining grafik fanlarni o‘qitishdagi o‘rni ham tahlil qilinadi.
Keywords: muhandislik grafikasi, zamonaviy metodikalar, 3D modellashtirish, raqamli dizayn, virtual reallik, kengaytirilgan reallik, loyiha asosida o‘qitish, interaktiv o‘qitish, muhandislik ta’limi, innovatsion pedagogika.