22.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2
Abstract. Ushbu maqolada ijtimoiy migratsiyaning yetim bolalar huquqlariga ta’siri tahlil qilinadi. Ota-onasining migratsiya sababli uzoqlashishi yoki vafoti natijasida bolalar ijtimoiy va huquqiy muammolarga duch keladi. Xususan, ularning ta’lim olish huquqi cheklanishi, ekspluatatsiya xavfi ortishi, ruhiy va psixologik bosim ostida qolishi kuzatiladi. Maqolada bu jarayonning asosiy sabablari, uning jamiyatga va bolalar kelajagiga ta’siri hamda huquqiy va ijtimoiy himoya choralarining samaradorligi muhokama qilinadi. Muammo yechimiga qaratilgan tavsiyalar ilgari suriladi.
Keywords: ijtimoiy migratsiya, yetim bolalar, huquqiy himoya, ta’lim, ekspluatatsiya, psixologik ta’sir, ijtimoiy muammolar, ota-onasiz bolalar, bolalar huquqlari, davlat siyosati.