21.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2
Abstract. Ma'lumki, nikohga va yaqin qarindoshlikka asoslangan axloqiy mas'uliyat, o’zaro qurmat, tushunish va mehr-muhabbat umumiyligi bilan bog`langan kichik ijtimoiy guruh oila deyiladi. Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan o’zining bir qator jihatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, oila ko’p muddatga, ya'ni bir necha o’n yillar va ko’p yillarga mavjud bo’ladi; ikkinchidan, oilada shaxslararo munosabatlarning bir necha turlari amalga oshadi, ya'ni milliy mafkuramizga oid ilk tushunchalar avvalo oila muhitida singadi va bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Bunda oilaviy munosabatlarda tarbiyaviy, psixologik, xissiy, moliyaviy, jinsiy va boshqa vazifalarning amalga oshirilishi kuzatiladi;
Keywords: Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Koshqariy, Kaykovus, Xotam Ibn Toy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin Ibn Faxriddin, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy