13.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2
Abstract. Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasida aholi soni va mehnat bozorining hozirgi holati, mavjud muammolar va ularni hal etish bo'yicha takliflar ko'rib chiqiladi. Aholi sonining o'sishi va mehnat bozori tizimining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, bu jarayonlar o'zaro bog'liq va bir-birini mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqolada shuningdek, O'zbekistonning mehnat bozori, ishsizlik darajasi, kadrlar ta'limi va migratsiya jarayonlari tahlil etiladi. Tahlil davomida ayniqsa, yoshlar, ayollar va qishloq aholisining mehnat bozoriga integratsiyasi masalalari ko'rib chiqiladi.
Keywords: Aholi soni, mehnat bozori, ishsizlik, iqtisodiy o'sish, kadrlar tayyorlash, migratsiya, demografik o'zgarishlar, iqtisodiy siyosat, mehnat resurslari.