08.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2
Abstract. Mazkur maqola ijtimoiy tarmoqlarning jamiyatga ta’siri mavzusiga bag‘ishlangan. Tadqiqot ijtimoiy tarmoqlarning jamiyatdagi munosabatlarga, xulq-atvorga va madaniy qadriyatlarga ta’sirini sotsiologik nuqtai nazardan tahlil qiladi. Maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi axborot almashinuvi, individlarning o‘zaro munosabatlari va ijtimoiy birlashuvlar masalalari o‘rganiladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning turli ijtimoiy qatlamlar, stratifikatsiya va integratsiya jarayonlariga ta’siri ko‘rib chiqilib, bu boradagi yangi tendentsiyalar va muammolar yoritiladi.
Keywords: Ijtimoiy tarmoqlar, jamiyat ta’siri, sotsiologik tahlil, axborot almashinuvi, munosabatlar, stratifikatsiya, madaniy o‘zgarish,virtual jamiyat, individ munosabatlari, davlat siyosati, axloqiy masalalar.