20.06.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 6
Abstract. Sharq adabiyoti, xususan, o‘zbek adabiyotining tarixiy taraqqiyotini kuzatsak, unda ramziylik badiiy asarning badiiyatni ta’minlovchi muhim omil bo‘lishi bilan birga, asar stukturasida mazmun va g‘oyani bog‘lab turuvchi element sifatida ko‘zga tashlanadi. Bundan tashqari, ramzlar butun millat va xalq turmush tarzining ajralmas qismi sifatida xalqning tarixiy, madaniy, ijtimoiy hayoti bilan chambarchars bog‘liq. Har bir xalqning an’analari, qadriyatlari va urf-odatlari ramzlar orqali ifodalanadi va ular avlod-avlodga o‘tib boradi. Shu bois, ramz va u bilan bog‘liq qarashlar turli fanlar doirasida muhokama qilinadi.
Keywords: Simvol – ramz yunon tilidan olingan bo‘lib, (ya’ni symbolon, belgi, aniqlovchi belgi) g‘oya, yoki ob’ektning obrazli belgisi, demakdir.