17.01.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1
Abstract. Tarjimonlik madaniyatlar, tillar va xalqlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlovchi asosiy vosita sifatida qaraladi. Ushbu kasbda to'g'rilik va aniqlikni saqlash, madaniy moslikni ta'minlash, hassos mavzular bilan ishlashda ehtiyotkorlik qilish hamda konfidentsiallikni saqlash kabi mas'uliyatlar muhim ahamiyatga ega ekani qayd etilgan. Shuningdek, halollik, xolislik, professionalizm va madaniyatga hurmat kabi axloqiy me'yorlarga rioya qilish zarurati ko'rsatilgan. Maqolada tarjimonning nafaqat so'zlarni tarjima qilishi, balki ular orqali hissiyot va madaniyatni aniq va mos ravishda yetkazishi lozimligi ta'kidlanadi. Tarjima jarayonida ijodiy yondashuv va moslashuvchanlik kabi qobiliyatlar muhim o'rin tutadi. Maqola tarjimonning yuksak mas'uliyat bilan ishlashi, axloqiy me'yorlarga rioya qilishi hamda madaniyatlar o'rtasida muvaffaqiyatli ko'prik qurishga xizmat qilishi lozimligini yoritadi.
Keywords: tarjimonlik, kasb mas'uliyati, axloqiy me'yorlar, to'g'rilik, aniqlik, madaniy moslik, konfidentsiallik, professionalizm, halollik, xolislik, madaniyatga hurmat, madaniyatlararo aloqa, tarjima jarayoni, ijodiy yondashuv.