11.01.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1
Abstract. Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida nominatsiya atamasining shakllanishi, uning ilmiy tahlili va tilshunoslar tomonidan turli turlarga bo‘linishi o‘rganiladi. Nominatsiya jarayonining lingvistik mohiyati, uning birlamchi va ikkilamchi turlari, shuningdek, frazeologik nominatsiyalar va boshqa turdagi klassifikatsiyalar qiyosiy yondashuvda tahlil qilinadi. Maqolada ingliz tilshunosligida nominatsiya konsepsiyasini ishlab chiqqan asosiy olimlarning ishlari va o‘zbek tilida bu atamani o‘rgangan tadqiqotchilarning hissasi ko‘rib chiqiladi.
Keywords: nominatsiya, tilshunoslik, birlamchi nominatsiya, ikkilamchi nominatsiya, frazeologik nominatsiya, qiyosiy tilshunoslik.