11.01.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1
Abstract. Mazkur maqolada globalizatsiya sharoitida tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tizimini jahon andozalariga moslashtirish masalalari batafsil yoritilgan. Globalizatsiya iqtisodiy jarayonlarni chuqurlashtirib, tadbirkorlik faoliyati va soliqqa tortish tizimlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro maydonda iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) tomonidan ishlab chiqilgan BEPS (Base Erosion and Profit Shifting) loyihasi, soliq bazasini yemirilishini oldini olish, shaffoflikni oshirish va daromadlarni soliqdan bo‘sh hududlarga ko‘chirishga qarshi kurash tamoyillari asosida xalqaro soliqqa tortish tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Maqolada jahon andozalarining asosiy tamoyillari, jumladan, yagona soliq stavkalarining joriy etilishi, soliq ma’lumotlarini xalqaro almashinuvi va shaffoflikni ta’minlashning afzalliklari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mahalliy sharoitlarda bu andozalarga moslashish muammolari, jumladan, qonunchilikni takomillashtirish, texnologik infratuzilmani rivojlantirish va tadbirkorlik subyektlariga ortiqcha soliq yukini kamaytirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari soliqqa tortish tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish orqali mamlakat iqtisodiyotini raqobatbardosh qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etishga oid tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu yondashuvlar tadbirkorlik muhiti va milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash uchun muhim amaliy va nazariy ahamiyatga ega.
Keywords: globalizatsiya, tadbirkorlik subyektlari, soliqqa tortish, jahon andozalari, BEPS loyihasi, xalqaro standartlar, soliq bazasi, raqobatbardoshlik, investitsiyalar, soliq qonunchiligi, texnologik infratuzilma, shaffoflik, soliq ma’lumotlari almashinuvi, yagona soliq stavkasi, iqtisodiy integratsiya.