08.01.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1
Abstract. Ushbu maqolada O’zbekistonning jahon bozoriga kirib borish yo;lidagi muammolari va imkoniyatlari tahlil qilingan. Mamlakatning iqtisodiy integratsiya jarayonidagi o’rni, jahon xo’jaligiga qo’shilish yo’llari va bu yo’nailshda amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Asosiy e’tibor xalqaro savdoda qatnashish, eksport tarkibini diversifikatsiya qilish va yangi bozorlarni o’zlashtirish masalalariga qaratilgan. Maqolada jahon bozoriga chiqishdagi to’siqlar, jumladan, infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi, malakali ishchi kuchining yetishmasligi, byurokratik cheklovlar va korrupsiya muammolari atroflicha ko’rib chiqilgan. Shuningdek, mamlakat iqtisodiy siyosatining erkinlashuvi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning ahamiyati ta’kidlangan. O’zbekiston hukumati tomonidan sanoatni rivojlantirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ustuvor chora-tadbirlar yoritilgan.
Keywords: O’zbekiston, jahon bozori, iqtisodiy integratsiya, qishloq xo’jaligi, tashqi savdo siyosati, savdo to’siqlari.