06.01.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 1
Abstract. Mazkur maqola 1900–1910-yillarda Buxoro amirligidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot haqida umumiy ma’lumot beradi. Unda jamiyatning ijtimoiy tabaqalari, ularning o‘zaro munosabatlari, madaniy rivojlanish va ta’lim tizimining holati tahlil qilingan. Feodal tuzum asosidagi jamiyatda an’anaviy diniy qadriyatlar hukmron bo‘lgan bo‘lsa-da, jadidchilik harakati ta’sirida ta’lim va madaniyatda yangilanish jarayonlari kuzatilgan. Maqolada shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimining shakllanishi, madaniy merosning saqlanishi va o‘sha davrdagi me’morchilik san’ati ham yoritilgan.
Keywords: Buxoro amirligi, ijtimoiy tabaqalanish, madaniyat, ta’lim, jadidchilik harakati, feodal tuzum, madrasalar, yangi usul maktablari, diniy qadriyatlar, me’morchilik.