25.12.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 12
Abstract. Ushbu maqola oʻzbek nikoh marosimlarida kuyov va kelin oʻrtasidagi munosabatlarning ramziy talqinini tahlil qilishga bagʻishlangan. Nikoh marosimlari xalqning qadriyatlari, madaniy xotirasi va urf-odatlarini ifodalovchi muhim madaniy hodisalardir. Ushbu marosimlarda ishlatiladigan ramzlar, ritual nutqlar, maqollar va badiiy unsurlar kuyov va kelinning ijtimoiy rollari va masʼuliyatlarini aks ettiradi. Maqolada ushbu elementlarning lingvistik, semantik va pragmatik jihatlari oʻrganilib, milliy oʻzlikni saqlashdagi ahamiyati yoritilgan.
Keywords: nikoh marosimlari, kuyov va kelin, ramziy talqin, milliy oʻzlik, yor-yor qoʻshigʻi, ritual nutqlar, maqollar, oila qadriyatlari, lingvistik tahlil, madaniy xotira.