08.12.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 12
Abstract. Ushbu maqola inflatsiyaning iqtisodiy tizimdagi o‘rni, sabablari va oqibatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning mustaqillikdan keyingi pul siyosati tajribasi keng yoritiladi. Inflatsiya tushunchasiga turli iqtisodchi olimlar tomonidan berilgan ta’riflar keltirilgan. Shuningdek, maqolada inflatsiyaning sabablari – davlatning noto‘g‘ri iqtisodiy siyosati, monetar va fiskal siyosatdagi muammolar, tashqi iqtisodiy omillar, talab va taklifning notengligi kabi jihatlar chuqur tahlil qilingan. Inflatsiyaning natijalari esa aholi turmush darajasining pasayishi, korxona va tashkilotlarning iqtisodiy holatiga ta’siri, iqtisodiy barqarorlikka putur yetkazishi kabi holatlar orqali tahlil qilinadi. Maqolada inflatsiyani nazorat qilish usullari, xususan, inflatsion targetlash, monetar siyosatni muvozanatlashtirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha xalqaro va milliy tajribalar keltirilgan. O‘zbekistonning mustaqillikdan keyingi yillarda inflatsiyani kamaytirish yo‘lidagi islohotlari, pul islohati (denominatsiya), milliy valyuta barqarorligini ta’minlash choralari alohida qayd etilgan.
Keywords: inflatsiya, deflyatsiya, sudraluvchi inflatsiya, shiddatli inflyatsiya, giperinflatsiya, inflyatsiya ta’siri, monetar siyosat, inflatsion targetlash, denominatsiya.