28.11.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 11
Abstract. Ushbu maqola xalqaro huquqda ayollarning o'rni va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan global o'zgarishlarni tahlil qiladi. Maqolada, ayniqsa, ayollarga nisbatan diskriminatsiyani bartaraf etish, gender tengligini ta'minlash va ayollarni xalqaro sudlarda himoya qilish bo'yicha amalga oshirilgan normativ islohotlar ko'rib chiqiladi. BMTning 1325-raqamli rezolyutsiyasi va Ayollarga nisbatan diskriminatsiyani bartaraf etish konvensiyasi (CEDAW) kabi hujjatlar, ayollarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy huquqlarini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Xalqaro huquq doirasida ayollarga nisbatan jinoyatlar, ayniqsa urushda jinsiy zo'ravonliklar, xalqaro sudlarda ko'proq ko'rib chiqilmoqda va yangi mexanizmlar joriy etilgan. Maqolada shuningdek, ayollarning xalqaro huquqda faolligini oshirish va ular uchun huquqiy yordamni kuchaytirish bo'yicha erishilgan natijalar hamda yuzaga kelgan muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi, xalqaro huquqda ayollarning o'rnini mustahkamlash va gender tengligini ta'minlashga yo'naltirilgan chora-tadbirlar samaradorligini baholashdan iboratdir.
Keywords: gender tengligi, diskriminatsiya, xalqaro huquqda ayollar, ayollarga qarshi jinoyatlar.