YURIDIK FAOLIYATDA SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI HUQUQIY HUJJATLAR TAHLILI

28.11.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 11

Abstract. Ushbu tadqiqot yuridik faoliyat va sohadagi huquqiy hujjatlar tahlilida sun’iy intellektning ahamiyati, foydalanish tartibi hamda ularning yuridik faoliyatdagi tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada hujjatlarni avtomatlashtirishning asosiy yo‘nalishlari, hujjatlarni tezkor tahlil qilishda sun’iy intellektdan foydalanishning yuristlarga foydasi, Jahon va O‘zbekistonda sohada foydalanilayotgan sun’iy intellektlarning samaradorlikka ta’siri kompleks tahlil qilinadi. Maqola doirasida hujjatlar tahlilida, umuman yuridik faoliyatda xalqaro va milliy qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar hamda ularning tahlili haqida muhokama boradi. Natijalar huquqiy hujjatlar tahrirlovchi va tezkor tahlil qiluvchi sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish yuristlar ish samaradorligini sezilarli darajada oshirishini, xizmat sifatini yaxshilashini va xarajatlarni kamaytirishini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, moliyaviy to‘siqlar va texnik bilimlar yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar yuridik faoliyatda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga to‘sqinlik qilayotgani ko‘rinadi. Maqola yakunida sun’iy intellekt vositalarini yuridik faoliyatga samarali joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Keywords: Legal tech, O‘zbekiston, yuridik innovatsiyalar, sun’iy intellekt, huquqiy hujjatlar, huquqiy xizmatlar, yuristlar, raqamlashtirish, yuridik faoliyat, qonunchilik.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor