SUN’IY INTELLEKTNING HUQUQIY ASPEKTLARI: INTELLEKTUAL MULK HUQUQI

26.11.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 11

Abstract. Sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi bilan birgalikda, u tomonidan yaratilgan intellektual mulk obyektlarining huquqiy maqomi dolzarb masalaga aylanmoqda. O‘tgan asrda sodir bo‘lgan misli ko‘rilmagan kashfiyotlar va sun’iy intellektning rivojlanishi bugungi kunda nafaqat ilm-fan va texnologiyalar sohasini, balki huquqiy tizimni ham o‘zgartirmoqda. Sun’iy intellektning o‘zi mustaqil ravishda internetdagi mavjud ma’lumotlar asosida ixtirolar yaratishi, asarlar yozishi va tasviriy san’at asarlarini yaratishi natijasida, ushbu texnologiya tomonidan ishlab chiqarilgan asarlarni mualliflik huquqi bilan himoya qilish masalasi yuzaga kelmoqda. Maqolada sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan intellektual mulk huquqi obyektlarining huquqiy maqomini belgilashdagi murakkabliklar, jahon qonunchiligi va amaliyotidagi tafovutlar hamda bu texnologiyaning iqtisodiy va ijtimoiy foydalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada mazkur muammoni hal qilish uchun zarur bo‘lgan qoidalar va huquqiy tartibotlarning shakllanishi yuzasidan tavsiyalar beriladi.

Keywords: Sun’iy Intellekt, Intellektual Mulk, Huquqiy Qiyinchiliklar, Jahon Qonunchiligi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor