26.11.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 11
Abstract. Mif qadimgi odamning borliq haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui bo‘lib, koinotning yaratilishi, inson, o‘simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo bo‘lishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, ma‘budlar va ilohlar to‘g`risidagi e‘tiqodiy qarashlarni o‘z ichiga olgan. Ushbu maqolada mif poetikasiga oid ilmiy qarashlar, tasavvurlar ko`rib chiqiladi.
Keywords: Mif, poetika, metod, tarix, afsona, she`riyat.