MUALLIFLIK HUQUQINI BUZILISH HOLATLARI

25.11.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 11

Abstract. Ushbu maqolada mualliflik huquqining kelib chiqishi, uning ahamiyati, unga zamonaviy texnologiyalarning ta’siri haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, maqolani yozishda bir nechta internet manbalaridan foydalanilgan. Ma’lumotlarning ishonchliligini aniqlashda SIFT uslubidan foydalanildi. Bugungi kunda har kimda axborotdan erkin foydalanish va axborotni erkin tarqatish huquqi bor lekin qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Internetning rivojlangani sababli har kim bugungi kunda oʻz aqliy faoliyati orqali yaratgan intellektual mulkni internetda e'lon qilishi, tarqatishi mumkin. Afsuslanarli holat shuki, internetda chop etilgan ko‘plab ma'lumotlarni muallifning ruxsatisiz foydalanish, tarqatish, muallifni shu intellektual mulkni egasi sifatida e'tirof etmasdan yoki referal bermasdan foydalanish holatlari koʻp uchrayapti. Tarixga nazar solsak bu kabi holatlar oldinlari ham sodir boʻlgan biroq texnologiya va internetning rivojlanishi orqali bu kabi holatdan aziyat chekkanlar soni yanada koʻpaydi. Bu mavzuda tahlil olib borishdan sabab esa bugungi kunda nafaqat Oʻzbekistonda balki butun dunyoda bu kabi holatlar sodir boʻlishini va fuqorolarning huquqlari buzilishini oldini olishdir. Chunki muallif intellektual mulkni yaratishga qanchadan-qancha mehnat qiladi kimdir buni muallifning ruxsatisiz foydalanishi adolatsizdir.

Keywords: Intellektual mulk, SIFT uslubi, miqdoriy uslub, plagiat, huquqiy targ‘ibot.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor