17.11.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 11
Abstract. G‘o‘zaning vilt ya’ni so‘lish kasalligi juda xavfli va zararli kasallik hisoblanadi. Bu kasallikning belgilari asosan avgust oyida namoyon bo‘la boshlaydi. G‘o‘za barglari oldin sarg‘ayib, keyin esa qurib qoladi. Bu kasallik hosilga sezilarli darajada zarar yetkazadi. Paxta tolasi mo‘rt bo‘lib qoladi, chigit moydorligi, unuvchanligi keskin pasayadi. Vilt kasalligini tuproqda yashovchi Verticillum dahlia zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Bu kasallikni bartaraf qilish uchun zararlangan o‘simlik daladan tozalanib, yo‘q qilinadi. Ya’ni yoqib yuborish, ko‘mib tashlash kabilar. Tuproq holati mahalliy hamda sidrat o‘g‘itlar bilan unumdorligi oshiriladi.
Keywords: g‘o‘za, vilt, vertisillyoz, fuzarioz, saprofit, zambrug‘, mitseliy, fungitsid, preparat.