BUTUNJAHON SAVDO TASHKILOTI VA UNGA O'ZBEKISTONNING A'ZOLIK MASALALARI

11.11.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 11

Abstract. Ma’lumki, Jahon savdo tashkiloti bugungi davr xalqaro iqtisodiy munosabatlarda davlatlararo ko‘p tomonlama savdo tizimini muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro tuzilma hisoblanadi. Dunyo savdosining 95 foizdan ortig’i ushbu tashkilotga a’zo davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tashkilotning asosiy vazifasi erkin va shaffof savdo aloqalarini tartibga solish va savdo jarayonlarni kengaytirish orqali tashkilotga a’zo davlatlarning avvalo iqtisodiy barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda umumiy hayot tarzini yaxshilashga qaratilgan. Mazkur maqsadlar o’z navbatida bugungi rivojlanish bosqichida O‘zbekistonda ham amalga oshirilayotgan keng ko’lamli iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlarning maqsadlariga to’la to’kis mos keladi. Ushbu maqolada Jahon savdo tashkiloti va unga O’zbekistonning a’zo bo’lishida amalga oshirilayotgan ana shu islohotlar, tahlil va natijalar haqida so’z yuritiladi.

Keywords: Jahon savdo tashkiloti, Tariflar va savdo bo‘yicha Bosh bitim, raund, Urugvay raundi, GATT, savdo tariflari, norezident, foydali modellar, internatsionallashuv, evolyutsiya, TRIPS, jahon xo‘jaligi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor