10.10.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 10
Abstract. Mazkur maqolada korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish tushunchasi, bugungi kundagi mamlakatimizdagi korrupsiyaning muhim sabablari nimalardan tashkil topganligi, korrupsiyaga qarshi kurashishda asosiy e’tibor nimalarga qaratish kerakligi, statistic ma’lumotlar, mutaxassilarning fikrlari va bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi xorijiy tajribasi tahlil qilingan. Xususan, xorijiy davlatlardan Singapur, Daniya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Gruziya davlatlarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi tajribasi o’rganilib, tahlil qilindi. Tadqiqot ishimizda korrupsiyani oldini olishga oid masalalar yuzasidan boshqa davlatlarning tajribasi asosida amaliy taklif va xulosalar beriladi.
Keywords: korrupsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, poraxo’rlik, korrupsiyaviy jinoyatlar, xorijiy tajriba.