09.10.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 10
Abstract. Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rgatishda didaktik materiallardan foydalanishning ahamiyatini ochib beradi. Maqolada didaktik vositalar sifatida kartochkalar, diagrammalar, ko‘rgazmali plakatlar, slaydlar va o‘yinli mashg‘ulotlar keltirilib, ularning o‘quvchilarga so‘z turkumlarini qiziqarli va samarali tarzda tushuntirishdagi o‘rni muhokama qilinadi. Shuningdek, didaktik materiallar yordamida o‘quvchilarning darsdagi faol ishtirokini ta’minlash, nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan bog‘lash orqali mavzuni o‘zlashtirishdagi samaradorligi yoritiladi. Maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ta’lim jarayonini jonli, qulay va tushunarli qilishga yo‘naltirilgan usullarni taqdim etadi.
Keywords: so‘z turkumi, ot, sifat, fe’l, didaktik material, kartochka, diagramma, plakat, slayd, o‘yinli mashg‘ulotlar.