11.09.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 9
Abstract. Kompaniyalar o‘z bizneslarini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish yoki innovatsion mahsulotlar yaratish uchun doimiy ravishda qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyojni qondirish uchun aksiyalar orqali uzoq muddatli kapital jalb qilish keng qo'llaniladigan samarali usullardan biri hisoblanadi. Aksiyalar chiqarish orqali kompaniya investorlarni jalb qiladi va o‘z kapitalini kengaytiradi. Ushbu maqolada aksiyalar vositasida kapital jalb qilishning nazariy asoslari, amaliy usullari, loyihalarni moliyalashtirish va bu jarayonning afzalliklari hamda kamchiliklari batafsil yoritiladi.
Keywords: Aksiya, kapital, fond bozori, loyiha, loyihalarni moliyalashtirish.