JINOIY ODIL SUDLOV FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH: AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR VA RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI

24.06.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 6

Abstract. Sudning asosiy vazifalari fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi va boshqa qonunlari, xalqaro munosabatlarida, shuningdek inson huquqlari to’g’risidagi xalqaro hujjatlarida kafolatlangan huquqlari hamda erkinliklarini, davlat va jamiyat manfaatlarini, yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir. So’nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish bo’yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi. Xususan, nohaq ayblangan 2,3 mingga yaqin kishi oqlandi, adashib jinoyat yo’liga kirib qolgani sababli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinishi mumkin bo’lgan 3,5 mingdan ortiq yoshlar va xotin qizlarga mahalla va jamoatchilik kafilliklari asosida yengilroq jazolar tayinlanib, o’z oilalari bag’rida qoldirildi, inson huquqlarini qo’pol tarzda buzgan 60 nafar huquq- targ’ibot organi xodimlari jinoiy javobgarlikka tortildi. Shu bilan birga, sud himoyasini ta’minlashdagi ortiqcha byurokratik to’siqlar saqlanib qolayotganligi, sud qarorlarini qayta ko’rishning bir-birini takrorlovchi bosqichlari mavjudligi, investorlar huquqlarining sud himoyasida bo’lishi yetarli darajada tashkil etilmaganligi va boshqa bir qator kamchiliklar sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda.

Keywords: Qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat, fuqarolarning tinchligi, fuqarolarning totuvligini ta’minlash, yuridik shaxslar, davlat va jamoat manfaatlari, xalqaro shartnomalar, birinchi instansiyasi, apellatsiya instansiyasi, kassatsiya instansiyasi, taftish instansiyasi, apellatsiya muddatlari, jinoyat ishlari bo’yicha sudlarda odil sudlovni amalga oshirishga ko’maklashuvchi organlari, advakaturada malaka imtihoni soddalashtirilganligi, prokurorlarning ixtisoslashtirilgan korpusi, sudyalar korpusi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor