XX ASR BOSHLARIDAGI ADABIYOT NAZARIYASIGA DOIR ILK MANBA

16.06.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 6

Abstract. Turkistonlik jadidlar yangi usul maktablari uchun turli dastur hamda darsliklar hozirlashga kirishar ekanlar, bu jarayon bevosita o‘lka milliy tarixi, jug‘rofiyasi, madaniyati, adabiyotshunosligi yaratilishining ham debochasi bo‘ldi. Milliy adabiyot tarixi, nazariyasi, adabiy tanqidni shakllantirishga bo‘lgan urunishlar avvalo milliy matbuotda boshlandi, keyinchalik o‘rta va yuqori sinflar uchun yozilgan adabiyot darsliklarida asosiy bosqichga ko‘tarildi. Mana shunday darsliklardan biri – Abdurahmon Sa’diy tomonidan yozilgan “Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” 1924-yil mart oyida Toshkentda nashr etildi.

Keywords: Turkiston. Usuli jadid. Adabiyot. Darslik. Abdurahmon Sa’diy.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor