TA’LIM TIZIMI -MA’DANIY VA MA’NAVIY RIVOJLANISHNING ENG MUHIM POYDEVORI

10.06.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 6

Abstract. Bizga tez moslashuvchan kadrlar kerak. Ular qanday shakllanadi, kim tayyorlash kerak bunday kadrlarni, universitetlarmi? Butun dunyoda bugungi kunda ta’lim tizimi, umuman yosh kadrlarni tayyorlash kompetensiya tizimiga o’tgan. Biz bugun kech qolyabmiz bu sohada. Bugun vazirlik, idora va tashkilotlar talabalar uchun Kompas vazifasini bajarib berishi lozim, yani yoshlarimiz qayerga borishi kerakligini ko’rsatib berishi lozim. Yoshlar bu kompassiz xuddi tunnelning ichida qayerga borishni bilmayabti. Institutni tamomlab nima qilishni va qayerga ishga borishni bilmay yurishibdi. Bugun olayotgan bilimi, ertaga u tashkilotga borganida, suhbatda kerak bo’ladimi yo’qmi bilmaydi. Talaba darsga kiryabti, biroq bu o’tilayotgan fan yoki mavzu ertaga iqtisodiyot vazirligida unga kerak bo’ladimi- yo’qmi yoki ishga kirishda suhbatda undan shu mavzuda so’rashadimi yoki yo’qmi?

Keywords: Monopoliya, meritokratsiya, ijtimoiy adolat, kopmas, idora tashkilotlar, vazirliklar, moliyaviy savodxonlik, bozor iqtisodiyoti, moliyani o’rgatuvchi dasturlar, yangi g’oya va tashabbuslar, Islohotlar, kompetensiya, Harvard.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor