LAVOZIMDAN CHETLASHTIRISH MAJBURLOV CHORASINI QO‘LLASHNING HUQUQIY ASOSLARI VA TARTIBI

26.05.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 5

Abstract. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari yuqori o‘ringa qo‘yilishi, uning asosiy huquqlaridan biri mehnat qilish huquqi ekanligi, mehnat qilish huquqi faqat sud qarori orqali qonunda belgilangan tartibda cheklanishi lozimligi, bu haqida yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham batafsil belgilanganligi keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari maqolada lavozimdan chetlashtirish majburlov chorasini qo’llash qonuniyligi va tartibi, mazkur majburlov chorasini qo’llash mumkin bo’lgan subyektlar, muddatlari, apellatsiya shikoyati keltirish tartibi yoritilgan. Amalga oshirilgan tadqiqot asosida umumiy xulosalar hamda mazkur majburlov chorasini qo‘llashda amaliy tavsiyalar berilgan.

Keywords: Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar, lavozimdan chetlashtirish, majburlov chorasi, Jinoyat-protsessual kodeksi, iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida qaror.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor