YANGI O’ZBEKISTON JAMIYATIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

28.03.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 3

Abstract. Ushbu maqolada yangi O’zbekiston jamiyatida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirishdagi muammolarga bag’ishlangan. Maqolada jamiyatdagi huquqiy ongning bugungi holati o’rganilib, qayd etilgan muammoni hal etish yo’llari taklif etilgan. Mamlakatda barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish maqsadida olib boriladigan huquqiy targ’ibot faoliyatini yanada kengroq olib borish zarurligi nazarda tutilgan. Huquqiy targ’ibotni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari rolini oshirish masalalari ifodalangan.

Keywords: Yangi O’zbekiston – yangi jamiyat, fuqarolik jamiyati, jamoatchilik nazorati, samarali tashabbus, jamoatchilik institutlari, “Ommaviy axborot vositalari, adolat tuyg‘usi, madaniyat, ma’naviyat, mafkura, yangicha dunyoqarash, huquqiy psixologiya, huquqiy tarbiya, yuksak huquqiy ong, ijtimoiy fikr.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor