TADBIRKORLIK SUB’YEKTLARIDA QARZ MAJBURIYATLARI BO‘YICHA XARAJATLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

01.04.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 3

Abstract. Tadbirkor sub’yektlar o‘z faoliyatlarini amalga oshirish davomida na faqat o‘zlik (xususiy) kapitaldan, balki qarz mablag‘laridan ham foydalanadi. Qarz mablag‘laridan foydalanish esa ularga mos keluvchi turli xil qo‘shimcha xarajatlarni yuzaga keltiradi, jumladan: qisqa va uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizlar, chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha chegirmalarni amortizatsiya qilish, moliyaviy ijara bo‘yicha ijara to‘lovlari va boshqalar. Ushbu maqolada qarz xarajatlarini qaysi qismini kvalifikatsiyalanadigan aktivlar qiymatiga va qaysi qismini moliyaviy xarajatlarga o‘tkazish ko‘rsatilgan. Qarz xarajatlarini hisob-kitoblar asosida buxgalterlik yozuvlarda aniq hisobvaraqlarda qayd qilish ko‘rsatib berilgan.

Keywords: qarz bo‘yicha xarajatlar; kvalifikatsiyalanadigan aktivlar; qarzlar bo‘yicha xarajatlarning tan olinishi; qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishning boshlanishi; qarzlar bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiya qilishning to‘xtatilishi, qarz olish xarajatlarini hisobga olish usullari.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor