THE INFLUENCE OF CLASSIC "ARBA'IN" ON MODERN POETRY AND INTERTEXTUALITY

07.03.2024 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 3 Issue 3

Abstract. Mazkur maqolada mumtoz Sharq adabiyotidagi arba’inchilik an’analariga to‘xtalingan. Xususan, Abdurahmon Jomiy “Arba’in”ining ijodiy tarjimonlari Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliy tarjimalaridagi ijodiy uyg‘unlik va tafovutlarga e’tibor qaratilgan. Intertekstuallik hodisasining badiiy matn yetukligini ta’minlashdagi jihatlariga ham urg‘u berilgan. Shuningdek, istiqlol davri adabiyotida vujudga kelgan diniy-ma’rifiy she’riyat masalalari, ya’ni qirq hadis an’analari aks etgan badiiyat namunalari sirasiga kiruvchi Jamol Kamolning “Qirq hadis ilhomi”(2018)turkumi, Abdulla Oripovning “Haj daftari”(1992) turkumi, Shukur Qurbonning “Hikmatlar anjumani” (2016), Anvar Hojiahmadning “Jannat kaliti” (1994), Sirojiddin Sayyidning “Yaxshilik eskirmagay. Qirq hadis” (2008)turkumi, A’zam O‘ktamning “Ikki dunyo saodati”(1998), Nodira Afoqovaning “Muhammad (s.a.v.)dedilar... Arba’in turkumi” (2019), Orif Hojining “Qirq hadis va bir rivoyat”(2008) kabi asarlari haqida so‘z boradi. Mazkur shoirlarning e’tiborga molik she’rlari tahlil qilingan.

Keywords: traditions of Arba, religious-enlightenment poetry, comparative analysis, Persian-Tajik literature, Azerbaijani literature, hadith.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor