International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



TASVIRIY SAN’AT TO‘GARAKLARINI TASHKIL ETISH VA ULARDA SAMARALI O‘QITISH METODLARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK-METODIK ASOSLARI

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at to‘garaklarini tashkil etishning pedagogik-metodik asoslari, mashg‘ulotlarni rejalashtirish, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish va samarali o‘qitish metodlaridan foydalanish masalalari yoritilgan. O‘zbek olimlari R. Hasanov, S. Abdirasilov, N. Tolipov, X. Sultanov va S. Sobirovning tasviriy san’atni o‘qitish metodikasiga oid ilmiy-uslubiy qarashlari tahlil qilinib, ularni to‘garak mashg‘ulotlariga tatbiq etish imkoniyatlari asoslangan. Shuningdek, mashg‘ulotlarni bosqichma-bosqich tashkil etish, differensial yondashuv, muammoli-ijodiy topshiriqlar, loyiha metodi va refleksiv baholash asosida o‘quvchilarning badiiy-estetik kompetensiyalarini rivojlantirishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.


14.11.2026 Volume 5 Issue 11 View more Download
BUGUNGI YOSHLAR HAYOTI, QIZIQISHLARI VA KAMCHILIKLARI

Ushbu maqolani yozishdan maqsad hozirgi kundagi yoshlarning hayoti, axloqi, ota-onaga nisbatan muomalasi, qiziqishlari, kamchiliklari, vijdon, mehr-oqibat, oiladagi o’rni kabi qarashlari tahlil qilinadi. O’z fikrim orqali bugungi yoshlar hayotini qisqa va lo’nda qilib ochib bermoqchiman.


14.11.2026 Volume 5 Issue 11 View more Download
QO‘QON: TARIX, USTA QO‘LI VA YANGI SHAHAR Mustaqillik yillarida tarixiy meros, hunarmandchilik va zamonaviy taraqqiyot qanday uchrashdi.

Mazkur maqolada mustaqillik yillarida Qo‘qon shahrining tarixiy merosini asrash, hunarmandchilik an’analarini davom ettirish va zamonaviy shahar infratuzilmasini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tarixiy obidalarni tiklash hamda shaharni rekonstruksiya qilishga oid davlat dasturlari, xalqaro hunarmandchilik festivallari va ularning turizm rivojidagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ustoz-shogird an’anasi, sayyohlik xizmatlari sifati va xorijiy tillarda ishonchli axborot taqdim etishning ahamiyati ochib berilgan. Rasmiy ko‘rsatkichlarni baholashda ularning manbasi va hisoblash usulini hisobga olish zarurligi ta’kidlangan. Maqolada Qo‘qonning tarixiy o‘ziga xosligini saqlash va zamonaviy ehtiyojlarini uyg‘unlashtirish muhimligi xulosa qilingan.


14.11.2026 Volume 5 Issue 11 View more Download
QADIMGI UYG‘UR TILIDAGI “MAITRISIMIT NOM BITIG” ASARI TEONIMLARINING TARIXIY-LISONIY TAHLILI

Mazkur maqolada qadimgi uyg‘ur buddaviy adabiyotining ilk yodgorliklaridan biri – “Maitrisimit nom bitig” asarining Sengim nusxasida qo‘llangan teonimlar tarixiy-lisoniy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda tengri, burxan, tengrilar tengrisi burxan, mayitri burxan, qut tengrisi, kün tengri kabi birliklar hamda zardushtiylik va hinduiylik panteonidan o‘zlashgan azrua, hormuzta, vishnu, maheshvari teonimlari semantik, struktur va genetik jihatdan tasniflanadi. Tahlil natijasida qadimgi turkiy tengri leksemasining buddaviy muhitda semantik torayishga uchragani, ko‘p komponentli teonimlarning sanskrit birikmalaridan kalka yo‘li bilan shakllangani hamda teonimlarning bir diniy tizimdan ikkinchisiga ko‘chishi (transonomizatsiya) asoslab beriladi. Olingan natijalar o‘zbek tili teonimiyasining islomgacha bo‘lgan qatlamini o‘rganishda nazariy va amaliy ahamiyatga ega.


14.11.2026 Volume 5 Issue 11 View more Download
RAQAMLI MUHITDA OLIY TA’LIM XIZMATLARI BREND-MENEJMENT FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Maqolada raqamli muhitda oliy ta’lim xizmatlari brend-menejmentining nazariy asoslari, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi raqobat sharoitlari va oliy ta’lim tashkilotlari (OTM) brendini boshqarishni takomillashtirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Tahlil mamlakatda internet qamrovi 89,0 foizga yetgani, ijtimoiy tarmoq auditoriyasi bir yilda 41,7 foizga o‘sgani va OTMlar soni 215 taga yetganini ko‘rsatdi. OTM brendini boshqarishning olti bosqichli sikl modeli taklif etildi, raqamli brendni baholash uchun ERR, ER, SOV, NPS ko‘rsatkichlari va integral raqamli brend indeksi ifodalari keltirildi. Shartli OTM misolida kompleks choralar integral indeksni 0,44 dan 0,80 gacha oshirishi mumkinligi hisoblab ko‘rsatildi.


14.11.2026 Volume 5 Issue 11 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor