20.01.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 1
Abstract. Ushbu maqolada jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasiga davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarini joriy etish va ularni huquqiy tartibga solishning dolzarb masalalari tadqiq etilgan. Maqolada xususiy sektorni xavfsizlik infratuzilmasini rivojlantirishga (shu jumladan, intellektual kuzatuv tizimlari, yo‘l harakati xavfsizligi va obyektlarni qo‘riqlash xizmatlariga) jalb qilishning qonunchilik asoslari, mavjud huquqiy bo‘shliqlar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, davlat va biznes manfaatlari muvozanatini saqlash, inson huquqlarini himoya qilish hamda DXSh subyektlarining vakolat, majburiyat va javobgarlik chegaralarini aniq belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish va jamoat xavfsizligi tizimida DXSh loyihalarini samarali amalga oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Keywords: davlat-xususiy sheriklik (DXSh), jamoat xavfsizligi, huquqiy tartibga solish, huquqiy mexanizmlar, xavfsizlik infratuzilmasi, vakolat va javobgarlik, milliy qonunchilik, huquqbuzarliklar profilaktikasi.