22.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10
Abstract. Mazkur maqolada ushbu iqlim zonasiga mos dinamik quyoshdan himoyalovchi tizimlarning turlari, ularning ishlash tamoyillari, ishlatiladigan materiallari va samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari energiya tejamkor va ekologik jihatdan xavfsiz qurilish yechimlarini ishlab chiqishda qo‘l kelishi mumkin. Issiq va quruq iqlim sharoitida binolarni ortiqcha quyosh radiatsiyasidan himoya qilish energiya samaradorligini oshirish hamda ichki muhit qulayligini ta’minlashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonda dinamik quyoshdan himoyalovchi konstruksiyalar muhim rol o‘ynaydi, chunki ular atrof-muhit sharoitlariga mos ravishda ishlashga qodir bo‘lib, bino ichki haroratini optimal darajada ushlab turishga yordam beradi.
Keywords: Quyoshdan himoyalash, dinamik konstruksiyalar, issiq-quruq iqlim, energiya samaradorligi, ekologik qurilish, termal qulaylik, quyosh radiatsiyasi, innovatsion fasad tizimlari.