HUQUQIY ONG VA VIJDON O'RTASIDAGI UZVIY TO'QNASHUV

09.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10

Abstract. Mazkur ilmiy maqola huquqiy ong va vijdon o‘rtasidagi dialektik-antagonistik munosabatlarni konseptual darajada tahlil etadi. Tadqiqot markazida normativ-huquqiy tizimning legitimiteti va shaxsiy vijdonning aksio-normativ imperativlari o‘rtasida yuzaga keladigan ziddiyatlar turadi. Ushbu ziddiyat, o‘z mohiyatiga ko‘ra, nafaqat pozitiv huquq va tabiiy huquq o‘rtasidagi tarixiy qarama-qarshilikning zamonaviy ko‘rinishi, balki insoniyat huquqiy tafakkurining eng chuqur ontologik va aksialogik muammolaridan biridir. Maqolada huquqiy pozitivizm, ius naturale, ratio legis, conscientia moralis kabi fundamental tushunchalar o‘zaro chog‘ishtirilib, ularning nazariy hamda amaliy oqibatlari yoritiladi. Tadqiqot jarayonida doktrinal-analitik, komparativ-huquqiy, shuningdek, fenomenologik-psixologik metodologiyalar uyg‘unlashtirilgan. Shunday integrativ yondashuv orqali huquqiy ongning normativ konstruktsiyalari va vijdonning etik-imperativ qaror mexanizmlari o‘rtasidagi disonans va rezonans jarayonlari ochib beriladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, huquqiy ong — bu ijtimoiy tizim tomonidan majburiy tarzda in’ikos etilgan normativ majburiyatlar majmui bo‘lsa, vijdon — insonning ichki transsendental instantsiyasi, ya’ni huquqiy buyruqlardan mustaqil ravishda mavjud bo‘lgan moral imperativdir. Ularning to‘qnashuvi esa jamiyatda legitimitet inqirozi, shaxsda esa moral dissonans va psixologik fragmentatsiyani keltirib chiqaradi. Maqola doirasida, shuningdek, civil law va common law tizimlaridagi vijdon asosidagi huquqiy e’tiroz institutlari komparativ jihatdan tahlil qilinadi. Natijada huquqiy normalar va vijdoniy imperativlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikning universal shakllari aniqlanadi hamda ushbu to‘qnashuvni yumshatishga xizmat qiluvchi proportionalitas, subsidiaritas va humanitas iuris prinsiplari asosida takliflar ishlab chiqiladi. Mazkur tadqiqot nazariy jihatdan huquq falsafasi va huquq psixologiyasining konvergensiyasini chuqurlashtiradi, amaliy jihatdan esa adliya institutlarini insonparvarlik va aksio-huquqiy barqarorlik mezonlari asosida qayta talqin qilish zaruratini ko‘rsatadi. Shunday qilib, huquqiy ong va vijdon o‘rtasidagi to‘qnashuv nafaqat individual, balki sivilizatsion darajadagi muammo sifatida namoyon bo‘ladi.

Keywords: huquqiy ong dialektikasi, vijdoniy determinantlar, huquqiy kolliziya, normativ legitimlik, aksiologik mezonlar, huquqiy mentalitet, etik imperativ, shaxsiy mas’uliyat, axloqiy-huquqiy dichotomiya, huquqiy identifikatsiya, ichki ongiy dissonans, huquqiy refleksiya, metayuridik interpretatsiya, falsafiy-antinomik qarashlar, huquqiy epistemologiya, vijdoniy kontradiktsiya, huquqiy diskurs, normativ ekstrapolyatsiya, etik kompas, huquqiy refleksologiya, gumanistik paradoks, huquqiy transcendensiya, axloqiy immanensiya, huquqiy arxetiplar, shaxsiy legitimlik, huquqiy tafakkur psixologiyasi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor