17.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Mazkur maqolada tijorat banklarida mahsulot va xizmatlar bahosini shakllantirish amaliyoti chuqur tahlil qilinadi. Banklarning narx siyosati nafaqat kredit va depozit stavkalarini, balki barcha qo‘shimcha moliyaviy xizmatlarning qiymatini belgilashda muhim strategik vosita sifatida qaraladi. Xizmatlar bahosiga ichki xarajatlar, risklar, mijozlar ehtiyoji hamda tashqi iqtisodiy omillar ta’sir ko‘rsatishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, xalqaro tajribalar, Basel III va IFRS standartlari asosida baholash mexanizmlarini qo‘llashning afzalliklari yoritilgan. Raqamli texnologiyalar, mijozlar segmentatsiyasi va innovatsion narxlash yondashuvlari orqali baho siyosatini takomillashtirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Natijada, banklarning raqobatbardoshligini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va mijozlar ishonchini mustahkamlashga erishish mumkinligi ilmiy asosda isbotlangan.
Keywords: Bank mahsulotlari, xizmatlar bahosi, narx siyosati, tijorat banklari, moliyaviy xizmatlar, raqamli transformatsiya, risk-menejment.