BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQINI O‘STIRISHDA MAQOL VA MATALLARNING O‘RNI

28.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2

Abstract. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishda o‘zbek xalq maqol va matallarining ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, maqol va matallar faqatgina bolalarga axloqiy tarbiya beribgina qolmay, ularning lug‘at boyligini oshirish, fikrlash qobiliyatini o‘stirish va nutq madaniyatini shakllantirish vositasi sifatida ham muhim rol o‘ynashi aniqlangan. Maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarni xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan tanishtirish va ularni nutq faoliyatida qo‘llash orqali samarali natijalarga erishish yo‘llari ko‘rsatilgan. Shuningdek, o‘qituvchilar uchun dars jarayonida maqol va matallardan foydalanishning innovatsion usullari va metodlari taklif etilgan. Tadqiqot natijalarining amaliy qiymati shundaki, ular zamonaviy boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarning nutq kompetensiyasini rivojlantirish uchun samarali vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Keywords: boshlang‘ich ta’lim, nutq o‘stirish, maqol, matal, xalq og‘zaki ijodi, til kompetensiyasi, o‘quvchi, pedagogik texnologiya, innovatsion metodlar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor