07.02.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 2
Abstract. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanishi ularning kelajakdagi ta’lim jarayoniga tayyorgarligida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ta’limiy o‘yinlar so‘z boyligini oshirish, grammatik tuzilmani shakllantirish va ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali usul hisoblanadi. Piaget va Vygotskiy nazariyalariga ko‘ra, o‘yinlar bolalarning kognitiv va kommunikativ rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida "Jumboqli ertak", "Sirli xarita" kabi ta’limiy o‘yinlardan foydalanish natijasida bolalarning nutqiy kompetensiyasi oshib, ta’lim jarayoniga tayyorgarligi kuchaymoqda.
Keywords: Maktabgacha ta’lim, nutqiy rivojlanish, ta’limiy o‘yinlar, kommunikativ kompetensiya, so‘z boyligi, grammatik tuzilma, kognitiv rivojlanish.